
“Humo Arena”da 14 aprel, yakshanba kuni “IBA Chempionlar oqshomi” boʻlib oʻtmoqda.
-51 kg vazn toifasida harakat qilayotgan Hasanboy Doʻstmatov IBA chempionlik kamari uchun ispaniyalik Samuel Karmonaga qarshi jang qildi.
10 raundga moʻljallangan jang toʻliq davom etdi. Yakunda esa Hasanboy hakamlar qaroriga koʻra gʻalaba qozondi va IBA chempionlik kamarini qoʻlga kiritdi.
Avvalroq A'loxon Abdullaev moʻgʻulistonlik bokschini, Iqboljon Xoldarov esa qozogʻistonlik bokschini magʻlub etgandi. Mujibillo Tursunov esa tanzaniyalik Juma Choki ustidan gʻalaba qozongandi. Shuningdek, Elnur Abduraimov, Jahongir Zokirov va Asadxoʻja Moʻydinxoʻjaevlar ham oʻz janglarida gʻalaba qozondi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!