UFC «Humo Arena»da turnir o‘tkazishni rejalashtirmoqda: sizdirilgan hujjat tafsilotlari

Sport2 daqiqa o'qish4
UFC «Humo Arena»da turnir o‘tkazishni rejalashtirmoqda: sizdirilgan hujjat tafsilotlari
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • UFC tashkiloti 2027 yilning uchinchi choragida Toshkentdagi «Humo Arena» majmuasida turnir o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
  • Mazkur tashabbus liga tomonidan mintaqaviy kengayish rejasi doirasida ko‘rib chiqilmoqda va hozircha rasmiy tasdig‘ini topmagan.
  • Promoushen ushbu qarorga kelishda Markaziy Osiyoda UFC muxlislari sonining ortishi, mintaqadan yetishib chiqqan taniqli jangchilar va hukumatlar tomonidan ko‘rsatilayotgan qo‘llab-quvvatlovni asosiy omillar sifatida qayd etgan.

Kuni kecha UFC o‘zi uchun yangi mintaqa — Markaziy Osiyodagi ilk turnirini Qozog‘istonda o‘tkazishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Unga ko‘ra, liga 2027 yilning 1 may kuni Olmaota shahrida musobaqa tashkil etishni rejalashtirmoqda.

E’tiborlisi, ijtimoiy tarmoqlarda UFC'ning 2027 yilgi mintaqaviy kengayish rejasiga oid ichki hujjatdan lavha paydo bo‘ldi. «UFC Event Expansion: EMEA & Central Asia» (2026 yil 12 noyabr sanasi bilan rasmiylashtirilgan) nomli ushbu hujjatga ko‘ra, dunyoning yetakchi MMA promousheni 2027 yilning uchinchi choragida (Q3 2027), ya’ni kuz faslida Toshkent shahridagi «Humo Arena» majmuasida ham turnir o‘tkazishni ko‘zda tutmoqda.

Hujjatdagi 4 ta shahar, arenalar va joriy maqom

Tarqalgan hujjatda 2027 yil uchun taklif etilgan to‘rtta musobaqa manzili, taxminiy sana, arena sig‘imi va loyihaning hozirgi holati quyidagicha keltirilgan:

№

Shahar va davlat

Taklif etilgan sana

Dastlabki arena (sig‘imi)

Hozirgi maqomi (Status)

1

Olmaota (Qozog‘iston)

2027 yil 1 may

«Almaty Arena» (~12 000)

Muzokara bosqichida (In Negotiation)

2

Toshkent (O‘zbekiston)

2027 yil 3-chorak (Q3)

«Humo Arena» (~12 500)

Ko‘rib chiqilmoqda (Under Review)

3

Bishkek (Qirg‘iziston)

2027 yil 4-chorak (Q4)

«Bishkek Arena» (~10 000)

Konsepsiya bosqichida (Concept)

4

Tbilisi (Gruziya)

2027 yil 3-chorak (Q3)

«Tbilisi Sports Palace» (~9 500)

Muzokara bosqichida (In Negotiation)

UFC «Humo Arena»da turnir o‘tkazishni rejalashtirmoqda: sizdirilgan hujjat tafsilotlari

Liga mintaqani tanlashda nimalarga tayanmoqda?

Hujjatning «Asosiy omillar» (Key Considerations) bo‘limida UFC Markaziy Osiyo bozoriga kirib kelishida to‘rtta muhim jihatni qayd etgan:

  • Markaziy Osiyoda UFC muxlislari auditoriyasining jadal o‘sib borayotgani;

  • Mintaqadan yetishib chiqqan yuqori saviyali va taniqli jangchilarning (jumladan, Shavkat Rahmonov, Asu Almabayev va boshqalarning) mavjudligi;

  • Mahalliy hukumatlar tomonidan kuchli qiziqish va tashkiliy-promouterlik qo‘llab-quvvatlovi;

  • Arenalar tayyorgarligi va teletranslyatsiya logistikasi bo‘yicha ishlar olib borilayotgani.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov AQSHga tashrifi doirasida UFC rahbari Dana Uayt bilan uchrashgan edi. Hozircha tarmoqlarda tarqalgan ushbu hujjat yuzasidan liga tomonidan rasmiy tasdiq berilmagan.

Sizningcha, 2027 yil kuzida Toshkentdagi «Humo Arena»da UFC turniri o‘tkazilsa, kardda qaysi o‘zbekistonlik jangchilarni ko‘rishni eng ko‘p istardingiz? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring!

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?