
Nigeriya terma jamoasi Afrika Millatlari kubogi musobaqasi saralash turnirida kutilmagan vaziyatga tushib qoldi.
Liviyadagi uchrashuvda qatnashish uchun yoʻlga chiqqan nigeriyaliklar samolyotini boshqa aeroportga yoʻnaltirishdi. Bu aeroport tashlandiq holatda boʻlib, futbolchilar 13 soat davomida ovqat, suv va aloqasiz qolib ketgan. Ular samolyotda uxlashga majbur boʻldi.
Futbolchilar oʻyin joyiga etib borishi uchun bir necha soat yoʻl yurishi kerak edi. Biroq mezbon tomon ularga transport vositasi ham ajratgani yoʻq.
Yaqin atrofdagi mehmonxonalarga nigeriyaliklarga joy berishni ham ta'qiqlab qoʻyishdi. Xullas mehmon jamoa koʻchada qoldi.
Nigeriya Liviya tomonini uchrashuvni atayin barbod qilishda ayblamoqda. Liviyaliklar esa bu holatda oʻzlarini oqlash uchun asos topdi. Ular nigeriyaliklar bir necha kun avval oʻz mamlakatlarida Liviya terma jamoasini yomon kutib olib, aeroportda bir necha soat ushlab turgan. Bu holat ana shu oʻziga yarasha mehmondorchilikka javob boʻlganini ta'kidlashmoqda.
Manba: Sports.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar