date
views 215

2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi

2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Foto: Championat
Eng yirik futbol yangiliklari saytlaridan biri “Goal” 2026 yilgi Jahon chempionatida g‘alaba qozonish imkoniyati eng yuqori bo‘lgan 16 ta jamoa reytingini tuzib chiqdi. Ro‘yxatda Ispaniya terma jamoasi peshqadamlik qilmoqda.

To‘liq reytingdan quyidagi jamoalar o‘rin olgan:
- Ispaniya;
- Argentina;
- Germaniya;
- Angliya;
- Fransiya;
- Portugaliya;
- Italiya;
- Niderlandiya;
- Kolumbiya;
- Braziliya.

11—16-o‘rinlarda Marokash, Xorvatiya, Kanada, Belgiya, AQSH va Meksika terma jamoalari joylashgan.

Ma’lumot uchun, Argentina terma jamoasi 2022 yilgi Jahon chempionatida g‘alaba qozondi. Ispaniya 2024 yilda Germaniyada bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » 2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi