
Birinchi oʻrta vazn toifasida sobiq vaqtinchalik WBC chempioni Sergey Bogachuk bugun tunda oʻtkaziladigan jangda kimning imkoniyati yuqori ekani haqida gapirdi.
"Oʻylashimcha, bu jangda Madrimov gʻalaba qozonadi. U Ortisga qaraganda ancha kuchli. Uning havaskor boksdagi faoliyati ham muvaffaqiyatli chiqqan. Professionalda ham zoʻr odimlayapti. Isroil kuchli va aqlliroq. Virjilga qarshi jang oʻtkazgan bokschi sifatida shuni aytishim mumkin, Ortisning jagʻi zaif. Bekorga uni ikki bor nokdaun holatiga tushirib qoʻymaganman. Oʻylaymanki, Madrimov bu jangni koʻrib chiqqan va men aytayotgan kamchiliklariga e'tibor qaratgan. Isroil men kabi chap xuk va oʻng tomondan beriladigan zarbalarga tayansa, jangda aniq gʻalabaga erishadi.

Fikrimcha, Madrimov Ortisni jang davomida bir-ikki bor nokdaun holatiga tushirib, yakunda hakamlar qaroriga koʻra raqibini magʻlubiyatga uchratadi. Nokaut ham boʻlishi mumkin. Buni ham inkor eta olmayman. Bu mening sub'ektiv fiklarim. Men oʻsha jangda Virjilning zarbalarini oʻzimda his qilmagandim. Tana qismim yoki boshimga oʻtkazib yuborgan zarbalar kuchsiz edi. Madrimovning zarbalari esa aksincha, juda kuchli. Agar u yaxshi pozitsiyadan aniq va kuchli zarba bera olsa, jangning muddatidan avval yakunlanish ehtimoli ham yoʻq emas.
Ortis — yaxshi bokschi, u buni menga qarshi jangda isbotladi. Nokdaun holatlaridan keyin oʻziga kelib, jangni davom ettira olishi mumkinligini koʻrsatdi. Unda xarakter bor. Bu Virjilning ijobiy jihatlari. Lekin Madrimov umumiy olganda baribir kuchliroq koʻrinyapti. Tajriba evaziga u jangda gʻalaba qozonadi" — deya Bogachukning soʻzlarini keltirdi "Boxing Scene".
Eslatib oʻtamiz, ukrainalik bokschi oʻtgan yilning avgust oyida deyarli teng kechgan 12 raundlik jangda Virjil Ortisga hakamlarning qarori bilan (113–113, 112–114, 112–114) yutqazib qoʻygandi. Dekabrda oʻtkazilishi belgilangan Madrimov - Bogachuk jangi esa hamyurtimizning jarohati sabab bekor qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar