
Superliganing 9-turidan o‘rin olgan bahslar davom ettirildi. Turning navbatdagi bellashuvida "Nasaf" o‘z maydonida "Bunyodkor"ni qabul qildi va jamoalar kuchi teng keldi - 2:2.
Dastlab, 23-daqiqada Oybek Bozorovning ajoyib uzatmasidan so‘ng Rubin Xebay golga aylantirdi. 78-daqiqada esa biroz avval maydonga tushgan Nosirjon Abdusalomov oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. Oradan 5 daqiqa o‘tib esa Oybek Bozorov mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi.
Bahsga qo‘shib berilgan 90+1 daqiqada standart vaziyatdan unumli foydalangan Marko Bugarin kuchlarni tenglashtirib qo‘ydi.
"Nasaf" – "Bunyodkor" 2:2
Gollar Rubin Xebay (Oybek Bozorov) 23', Oybek Bozorov (Akmal Mozgovoy) 83' – Nosirjon Abdusalomov (Luis Kaochrri) 78', Marko Bugarin (Martin Shroler) 90+1'
"Nasaf": 35.Abduvohid Ne’matov, 2.Alibek Davronov, 5.G‘olib G‘aybullayev (28.Shuhrat Muhammadiyev, 75), 6.Murodbek Rahmatov (7.Akmal Mozgovoy, 66), 8.Zafarmurod Abdiraxmatov (14.Sharof Muhitdinov, 81), 10.Dragan Cheran (19.Stefan Cholovich, 66), 22.Igor Golban, 34.Sherzod Nasrullayev, 77.Oybek Bozorov, 92.Umarbek Eshmurodov, 99.Rubin Xebay (18.Husayn Norchayev, 66).
Zaxira: 1.Oleksandr Vorobey, 17.Suhrob Nurulloyev, 24.Sardorbek Bahromov, 33.Bahodir Xalilov.
"Bunyodkor": 1.Abdumavlon Abdujalilov, 4.Najmiddin Normurodov, 6.Boburbek Yo‘ldoshev, 7.Odiljon Hamrobekov, 9.Imeda Ashortia (21.Nosirjon Abdusalomov, 76), 11.Temurxo‘ja Abduxoliqov (22.Azizbek Amonov, 64), 15.Marko Bugarin, 23.Asadbek Rahimjonov (30.Sardor Abdunabiyev, 64), 57.Amir To‘raqulov (8.Martin Shroler, 46), 74.Luis Kachorri, 77.Muzaffar Olimjonov (10.Rasul Yo‘ldoshev, 89).
Zaxira: 13.Hamidullo Abdunabiyev, 5.Aleksandr Zevadinov, 18.Narimjonjon Ahmadjonov , 66.Azizbek To‘lqunbekov.
Ogohlantirish: Odiljon Hamrobekov (88).
SuperligaNasaf BunyodkorOybek BozorovGolga AylantirdiBahs NatijalariGollar Hisoblari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar