date

Superliga. "Neftchi" yirik hisobda "Mash’al"ni mag‘lub etdi (video)

Superliga. "Neftchi" yirik hisobda "Mash’al"ni mag‘lub etdi (video)

Superliganing 20-turidan o‘rin olgan "Neftchi" - "Mash’al" bellashuvi yakuniga yetdi. Mazkur bahsda mezbonlar yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi - 3:0.

Yozda "Neftchi" safiga kelib qo‘shilgan Joel Kojo ushbu to‘qnashuvda o‘z hisobiga 2 ta gol yozdirib qo‘ydi. Jamoa hisobidagi navbatdagi golga esa Anvarjon G‘ofurov mualliflik qildi.

"Neftchi" – "Mash’al" 3:0
Gollar: Joel Kojo (Ibrohimhalil Yo‘ldoshev) 33', Anvar G‘ofurov 62', Joel Kojo 70'

"Neftchi": 1.Botirali Ergashev, 4.Boyan Siger, 5.Ikrom Aliboyev (11.Quvondiq Ro‘ziyev, 74), 6.Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, 7.Abror Ismoilov (77.Bilol Toshmirzayev, 74), 9.Joel Kojo (32.Zoran Marushich, 74), 10.Jamshid Iskanderov, 20.Anvar G‘ofurov (24.G‘ulom Haydar Gulyamov, 85), 21.Muhsin Ubaydullayev, 22.Alisher Odilov (8.Vladimir Yovovich, 46), 23.Yovan Jokich.
Zaxira: 45.Akbar To‘rayev, 15.Shahzod Ne’matjonov, 33.Shohrux Yoqubjonov, 70.Silvanus Nimeli.

"Mash’al": 35.Dostonbek To‘xtaboyev, 6.Javohir Abdualimov (9.Ibrohim G‘anixonov, 72), 7.Islombek Baratov (13.Nuriddin Nuriddinov, 77), 8.Sardor Abduraimov (55.Farruh Toshpo‘latov, 81), 10.Humoyun Murtozayev, 15.Muhammadali Aliqulov (37.Sherzod Fayziyev, 81), 17.Anvar Murodov (57.Aminu Umar, 72), 22.Nurjahon Muzaffarov, 28.Ergash Ismoilov, 34.Shaxboz Jo‘rayev, 80.Dmitriy Yashin.
Zaxira: 1.Umidjon Hamroyev, 5.Samandar Ochilov, 18.Dilshod Rahmatullayev, 24.Avazxon Mamatxo‘jayev.

Ogohlantirishlar: Islombek Baratov (3), Ergash Ismoilov (4), Ibrohimhalil Yo‘ldoshev (59).

Bu g‘alabadan so‘ng «yo‘lbarslar» 42 ochko to‘plagan holda turnir jadvalining 1-pog‘onasiga chiqib oldi. «Mash’al» esa 18 ochko bilan 13-o‘rindan joy olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Neftchi" yirik hisobda "Mash’al"ni mag‘lub etdi (video)