date

The Athletic talqinida tarixdagi eng zo'r futbolchilar reytingi e'lon qilindi

The Athletic talqinida tarixdagi eng zo'r futbolchilar reytingi e'lon qilindi

Ijtimoiy tarmoqlarda The Athletic tomonidan tuzilgan futbol tarixidagi 100 nafar eng kuchli futbolchi ro'yxati keng muhokamaga sabab bo'lmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Reytingning kuchli o'nligi quyidagicha ko'rinish oldi: Lionel Messi, Diego Maradona, Pele, Yoxan Kroyf, Krishtianu Ronaldu, Alfredo di Stefano, Frans Bekkenbauer, Zinedin Zidan, Ferens Pushkash va Mishel Platini.

Bunday ro'yxatlarni mutlaq xolis tuzish qiyinligi yana bir bor sezildi: Redditdagi izohlarda futbol ishqibozlari orasida qizg'in bahslar avj oldi. Ayrimlar uch karra jahon chempioni bo'lgan Pele nega faqat uchinchi o'ringa qo'yilganidan norozi.

Shuningdek, darvozabonlar orasida afsonaga aylangan Lev Yashin mazkur reytingda 18-pog'onadan joy oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » The Athletic talqinida tarixdagi eng zo'r futbolchilar reytingi e'lon qilindi