Bavariya Noiysiz taxminan uch hafta qoladi

Myunxenning «Bavariya» klubi darvozaboni Manuel Noyerning jarohati bo‘yicha yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Avvalroq 39 yoshli posbon jarohat olib, «Ayntraxt»ga qarshi yaqin o‘yinni o‘tkazib yuborishi aytilgandi. Keyinroq klub matbuot xizmati bu xabarni tasdiqladi, biroq tiklanish muddati haqida aniq ma’lumot bermadi.
BILD nashriga ko‘ra, boldir mushagidagi muammo sabab Noyer taxminan uch hafta safdan tashqarida bo‘ladi.
Joriy mavsumda Noyer barcha musobaqalarda 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 27 ta gol o‘tkazib yubordi va 9 o‘yinda darvozasini daxlsiz saqlab qoldi. Shuningdek, futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakunlanadi.
«Bavariya»ning navbatdagi uchrashuvi 21-fevral kuni «Ayntraxt»ga qarshi bo‘lib o‘tadi. Bundesliga 23-tur bahsi Toshkent vaqti bilan 19:30 da boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!