Shirin Zaitovadan quvonchli yangilik: xonanda ikkinchi bor ona bo‘ldi (video)

Xonanda Shirin Zaitova ikkinchi bor onalik baxtiga muyassar bo‘ldi. Bu quvonchli xabarni uning qizi Yasmina Zaitova ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali e’lon qildi.
Yasmina joylagan videodan ma’lum bo‘lishicha, xonanda qiz farzandli bo‘lgan va chaqaloqqa Aylin deb ism qo‘yilgan. U o‘z postida ingliz tilida “Welcome my sister Aylin” deb yozib, singlisini iliq kutib oldi.
Videoda Yasmina hamda xonandaning turmush o‘rtog‘i Nodir Zaitov yangi tug‘ilgan chaqaloqni ko‘rish uchun tug‘ruqxonaga borgani aks etgan. Ayniqsa, Yasminaning singlisi Aylinni ilk bor ko‘rib, quvonch bilan bag‘riga bosgani tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirdi.
Mazkur video ijtimoiy tarmoqlarda tezda tarqalib, muxlislar va kuzatuvchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Izohlarda foydalanuvchilar xonandani yana bir bor onalik baxti bilan tabriklab, kichkina Aylinga sog‘liq, baxt va yorqin kelajak tilab, samimiy tilaklar bildirishmoqda.





























Izohlar 0
…