Albaniya Prezidenti O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi

Albaniya Prezidenti O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keldi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Albaniya Prezidenti Bayram Begay rafiqasi hamrohligida mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan keldi.

Oliy martabali mehmon Toshkent xalqaro aeroportida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Nuriddin Ismoilov hamda boshqa rasmiylar tomonidan kutib olindi.

Tashrif doirasida o‘tkaziladigan oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston va Albaniya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlik istiqbollari muhokama qilinadi.

Tomonlar savdo, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, “yashil” energetika, turizm hamda madaniy-gumanitar almashinuv yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqadi.

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar hamda ko‘p tomonlama platformalardagi hamkorlik yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

Albaniya Prezidenti tashrif davomida 5-Toshkent xalqaro investitsiya forumida ham ishtirok etadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar