Gavr bir daqiqada qizil oldi va Tuluzani yengdi

Fransiya Liga 1ning 22-turida «Gavr» «Tuluza»ga qarshi bahs olib bordi. Mezbonlar uchrashuvning ilk lahzalaridayoq bir futbolchisidan ayrilganiga qaramay, yakunda g'alabani ilib ketishga muvaffaq bo'ldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Start hushtagidan ko'p o'tmay Aruna Sangante Emersonnni qo'pol to'xtatib, qizil kartochka oldi va «Gavr» deyarli butun o'yinni 10 kishi bo'lib o'tkazdi. Shunga qaramay, 43-daqiqada Issa Sumare pressingda to'pni olib qo'ydi, darvozabonni ham aldab o'tib hisobni ochdi — 1:0.
Birinci bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda «Tuluza» burchak to'pini xavfli ijro etdi: Charli Kressuell to'pni jarima maydonida turgan Djibril Sidibega uzatdi va himoyachi aniq zarba bilan muvozanatni tikladi — 1:1.
Ikkinchi bo'lim boshida «Gavr» yana tezkor hujum bilan javob qaytardi: 53-daqiqada Sofian Bufal to'pni ilib qoldi va Sumarega qulay pas uzatdi. Hujumni oxirigacha yetkazgan Sumare dubl qayd etib, mezbonlarni yana oldinga olib chiqdi — 2:1.
75-daqiqada «Tuluza»ning umidi paydo bo'lgandek bo'ldi — jarima maydonidagi kurashda Santyago Idalgo to'pni darvozaga yo'lladi. Biroq VAR aralashuvidan so'ng gol bekor qilindi: epizodda qoida buzilishi qayd etildi.
Natijada «Gavr» 2:1 hisobida g'alaba qozonib, turnir jadvalida sof 13-o'ringa ko'tarildi. «Tuluza» esa 9-pog'onada qoldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!