date

Ederson va Ortega Yevropa Ligasida raqibga aylandi

Ederson va Ortega Yevropa Ligasida raqibga aylandi

UEFA Yevropa Ligasi pley-off bosqichidagi ilk uchrashuv «Fenerbahche» va «Nottingem Forest» qarama-qarshiligida kutilmagan, ammo qiziqarli epizod bilan yodda qoldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mezbonlar darvozasini Ederson Moraes qo‘riqlamoqda. Braziliyalik posbon bir necha mavsum «Manchester Siti» safida to‘p surib, jamoa bilan ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

«Fenerbahche»ning raqibi darvozasi esa Shtefan Ortega ishonchida. Germaniyalik darvozabon «Siti»da uzoq vaqt Edersonning asosiy zaxirachisi sifatida maydonga tushib kelgan. O‘yin oldidan ikki taniqli golkiper bir-birini iliq kutib oldi.

«Fenerbahche» – «Nottingem Forest» bahsining matnli onlayn translyatsiyasi portalimizda yoritilmoqda. Ayni paytda birinchi taym davom etyapti.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ederson va Ortega Yevropa Ligasida raqibga aylandi