Islom Maxachev iyul oyida jang qilishga tayyorligini aytdi

1 daqiqa o'qish669
Islom Maxachev iyul oyida jang qilishga tayyorligini aytdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • UFC chempioni Islom Maxachev iyul oyida oktagonga qaytib, jang qilishga tayyor ekanini bildirdi.
  • 34 yoshli rossiyalik jangchi hozirda jiddiy jarohati yo‘qligini, faqat qo‘lida eski muammo borligini ta’kidladi.
  • Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim raqiblar va OAV orqali har xil fikrlar tarqalayotgan bo‘lsa-da, UFC tomonidan hali rasmiy shartnoma yuborilmagan.

UFC chempioni Islom Maxachev o‘zining navbatdagi jangi atrofidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirdi. 77 kg vazn toifasida faoliyat olib borayotgan rossiyalik jangchi iyul oyida oktagonga qaytishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

34 yoshli Maxachev Red Corner MMA YouTube kanaliga bergan intervyusida ayrim raqiblar va OAV orqali tarqalayotgan fikrlarga javob qaytardi. Uning aytishicha, ba’zi jangchilar “jangni qabul qil” degan gaplarni ko‘p takrorlamoqda, ammo amalda hali UFC tomonidan rasmiy shartnoma yuborilmagan.

Maxachevning ta’kidlashicha, UFCda jangni tashkil qilish jarayoni oddiy gap bilan hal bo‘lib qolmaydi. Ya’ni jangchi xohlagani bilan darhol navbatdagi turnirga qo‘shilib ketavermaydi. Buning uchun tomonlar o‘rtasida aniq kelishuv va rasmiy shartnoma bo‘lishi shart.

“Men qabul qilaman, lekin shartnoma yo‘q. Nimani qabul qilaman, o‘zi? Menga shartnomani yuborishsin”, — dedi Maxachev.

Chempion o‘zining sog‘lig‘i haqida ham gapirdi. U ayni paytda jiddiy jarohati yo‘qligini, faqat qo‘lida eski muammo borligini aytdi. Biroq bu jarohat hozircha janglarni bekor qilish yoki ortga surish uchun sabab emas. Maxachev uni faoliyatini yakunlaganidan so‘ng operatsiya qildirishini bildirgan.

Jangchi hozirda mashg‘ulot yig‘inida ekanini va iyul oyida jangga tayyor bo‘lishini ma’lum qildi. Biroq uning navbatdagi raqibi kim bo‘lishi hozircha aniq emas. Maxachev ehtimoliy nomzodlar sifatida Ian Garri yoki Morales tilga olinayotganini aytdi.

Shu bilan birga, chempion raqib tanlashni o‘zi hal qilmasligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu masala UFC rahbariyati qaroridan kelib chiqadi.

“Bu men hal qiladigan va tanlaydigan narsa emas. Tayyorman, shartnomani yuboring”, — dedi Maxachev.

Shu tariqa, Islom Maxachev navbatdagi jangiga tayyor ekanini ochiq bildirdi. Endi hammasi UFCning rasmiy qarori va shartnoma taqdim etilishiga bog‘liq. Chempion aytganidek, gap ko‘p, lekin qog‘oz kelmaguncha bu hali “jang rasman bo‘ladi” degani emas.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?