Shveysariyada aholi ko‘payishi sababli 10 million kishi bilan cheklanishi mumkin

Shveysariyada aholi ko‘payishi sababli 10 million kishi bilan cheklanishi mumkin

14 iyun kuni Shveysariyada mamlakat kelajagiga daxldor ikki muhim masala bo‘yicha umumxalq ovoz berish jarayoni o‘tkazilmoqda. Ulardan biri aholi sonini cheklash tashabbusi bo‘lib, aynan shu masala jamoatchilik va siyosiy doiralarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Taklifga ko‘ra, 2050 yildan keyin Shveysariya aholisi soni 10 million nafardan oshmasligi kerak. Hozirda mamlakatda 9 milliondan ziyod aholi istiqomat qilmoqda va mavjud demografik o‘sish sur’ati saqlanib qolsa, mazkur ko‘rsatkichga belgilangan muddatdan ancha oldin erishilishi mumkin.

Tashabbus mualliflari aholi sonining tez o‘sishi uy-joy tanqisligi, transport va ijtimoiy infratuzilmaga tushayotgan bosimning kuchayishiga sabab bo‘layotganini ta’kidlamoqda. Shu bois ular aholi o‘sishini muayyan chegara doirasida ushlab turish zarurligini ilgari surmoqda.

Biroq mamlakatning oliy ijroiya organi hisoblangan Federal kengash mazkur tashabbusni qo‘llab-quvvatlamayapti. Hukumat vakillari bunday cheklovlar iqtisodiyot va mehnat bozori uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligini bildirmoqda.

Mutaxassislar qayd etishicha, hozirgi kunda Shveysariya aholisining to‘rtdan bir qismidan ko‘prog‘ini xorij fuqarolari tashkil etadi. Ularning aksariyati Italiya, Germaniya, Portugaliya va Fransiyadan kelgan mehnat muhojirlari hisoblanadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Kamola Shuhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar