date

Vinicius Junior Real Madridga o‘tishidan avval Barselona bilan kelishib qo‘ygan

Vinicius Junior Real Madridga o‘tishidan avval Barselona bilan kelishib qo‘ygan

Barselona klubining sobiq prezidenti Josep Maria Bartomeu Vinicius Junior Real Madrid safiga qo‘shilishidan avval kataloniyaliklar bilan dastlabki kelishuvga erishganini ma’lum qildi. O‘sha vaqtda Braziliyada to‘p surgan iqtidorli vinger uchun Barselona vakillari futbolchining oilasi va agentlari bilan muzokaralar olib borgan edi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Biroq, Real Madrid moliyaviy jihatdan ancha jozibador taklif bilan chiqdi va 2017-yilning may oyida Flamengo klubi bilan kelishuvga erishdi. Natijada, o‘sha paytda 16 yoshda bo‘lgan futbolchi 2018-yilning iyul oyida, ya’ni 18 yoshga to‘lganidan so‘ng rasman Madrid jamoasi a’zosiga aylandi.

Bartomeu ESPN Deportes nashriga bergan intervyusida shunday dedi: "Vinicius Junior bizning qiziqishlar doiramizda edi. Biz uning oilasi va agentlari bilan gaplashdik, haqiqatan ham dastlabki kelishuv mavjud edi. Ammo Madrid bizdan ko‘ra yaxshiroq taklif bilan chiqdi va futbolchini ilib ketdi".

Vinicius Junior Madrid klubidagi faoliyati davomida dunyoning eng kuchli hujumchilaridan biriga aylandi. U barcha musobaqalarda 372 ta o‘yinda maydonga tushib, 127 ta gol urdi va 100 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u 2022-yilgi Chempionlar ligasi finalida Liverpul darvozasiga yagona g‘alaba golini kiritib, jamoasining sovrin yutishida katta hissa qo‘shgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Vinicius Junior Real Madridga o‘tishidan avval Barselona bilan kelishib qo‘ygan