date

Mundial finalida tarixiy musiqiy shou o‘tkaziladi

2026 yilgi Jahon chempionati finali nafaqat futbol, balki katta musiqiy tomosha bilan ham tarixda qolishi kutilmoqda. Ma’lum qilinishicha, final uchrashuvi tanaffusida amerikalik mashhur xonanda Madonna, kolumbiyalik yulduz Shakira hamda Janubiy Koreyaning dunyoga mashhur BTS guruhi sahnaga chiqadi.

Bu haqda Coldplay guruhi o‘z ijtimoiy tarmoqlari orqali ma’lum qildi. Shu tariqa, 2026 yilgi mundial finali doirasida tarixda ilk bor FIFA halftime-show, ya’ni final tanaffusida maxsus musiqiy shou tashkil etiladi.

Final bahsi 19 iyul kuni AQSHning Ist-Raterford shahridagi «Metlayf» stadionida bo‘lib o‘tadi. Katta ehtimol bilan ushbu kun futbol va shou-biznes muxlislari uchun bir vaqtning o‘zida ulkan bayramga aylanadi. Chunki Madonna, Shakira va BTS kabi nomlarni bitta sahnada ko‘rishning o‘ziyoq katta voqea.

Bayonotda qayd etilishicha, Madonna, Shakira va BTS 19 iyul kuni Nyu-Jersidagi stadionda o‘tadigan FIFA Jahon chempionati finalidagi tarixiy shoudiң asosiy yulduzlari bo‘ladi. Bu chiqish mundial finali muhitini yanada yorqin, hissiyotga boy va global tomoshaga aylantirishi kutilmoqda.

Mazkur tadbir Coldplay yetakchisi Kris Martin va Global Citizen tomonidan tashkil etilmoqda. Loyiha faqat ko‘ngilochar shou emas, balki xayriya maqsadini ham ko‘zlaydi. U FIFA Global Citizen Education Fund fondi uchun mablag‘ yig‘ishga qaratilgan.

Ushbu fond dunyo bo‘ylab bolalarning sifatli ta’lim olishi va futbol bilan shug‘ullanishi uchun imkoniyatlarni kengaytirishni maqsad qilgan. Demak, mundial finalidagi shou orqali nafaqat millionlab muxlislarga unutilmas tomosha taqdim etiladi, balki ijtimoiy ahamiyatga ega tashabbus ham qo‘llab-quvvatlanadi.

Shakira avval ham jahon chempionatlari bilan bog‘liq qo‘shiqlari va chiqishlari orqali futbol muxlislari qalbida alohida o‘rin egallagan. Madonna esa pop musiqasi tarixidagi eng katta yulduzlardan biri hisoblanadi. BTS guruhi esa global yoshlar madaniyati va K-pop olamining eng kuchli ramzlaridan biriga aylangan.

Qisqasi, 2026 yilgi Jahon chempionati finali faqat maydondagi o‘yin bilan cheklanmaydi. Bu safar final futbol, musiqa, xayriya va global madaniyatni birlashtiradigan ulkan sahnaga aylanadi. 19 iyul kuni «Metlayf» stadionida tarix yozilishi kutilmoqda — to‘p ham aylanadi, sahna ham yonadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mundial finalida tarixiy musiqiy shou o‘tkaziladi