Bavariya darvozaboni Daniel Peretz Sautgempton bilan shartnoma imzolaydi

Bavariya darvozaboni Daniel Peretz Sautgempton bilan shartnoma imzolaydi
Audio versiyasi

Myunxenning Bavariya klubi darvozabonlar tarkibida oʻzgarishlar qilishda davom etmoqda. Daily Echo nashrining xabar berishicha, isroillik posbon Daniel Peretz jamoani butunlay tark etishga yaqin turibdi. Sautgempton klubi Germaniya rekordchisi bilan 25 yoshli futbolchining transferi boʻyicha muzokaralarni yakuniy bosqichga olib kelgan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Peretz yanvar oyida ijara asosida Sautgempton safiga qoʻshilgan edi. Myunxenliklar safida Manuel Neuer, Jonas Urbig va Sven Ulreich kabi raqobatchilar sababli asosiy tarkibdan umidini uzgan darvozabon, Angliyada oʻzini koʻrsatishga muvaffaq boʻldi. U jamoa muxlislarining yoqimtoyiga aylanib, 26 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 9 ta oʻyinda oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Garchi Daniel Peretzning Bavariya bilan shartnomasi 2028-yilgacha moʻljallangan boʻlsa-da, u faoliyatini Angliyada davom ettirishni afzal koʻrmoqda. Futbolchiga boshqa klublardan ham takliflar boʻlgan, biroq u aynan Sautgempton loyihasiga ishonch bildirgan. Transferning rasmiy tafsilotlari shu hafta oxirigacha eʼlon qilinishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, Sautgempton atrofida jiddiy mojarolar yuzaga kelgan. Angliya futbol ligasi jamoani josuslik mojarosi sababli Hull Cityga qarshi pley-off finalidan chetlatdi. Shuningdek, jamoaning keyingi mavsumdagi hisobidan toʻrt ochko olib tashlanishi belgilangan. Bunday qiyinchiliklarga qaramay, Peretz jamoaning Angliya Premer-ligasiga qaytishiga yordam bermoqchi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar