Abduqodir Husanov «Manchester Siti» rekordiga hissa qo‘shadi

Abduqodir Husanov «Manchester Siti» rekordiga hissa qo‘shadi

«Manchester Siti» 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etadigan futbolchilar soni bo‘yicha klublar orasida yetakchilik qilmoqda.

Angliya klubi tarkibidan turli milliy jamoalarga jami 19 nafar futbolchi chaqirilgan. Bu ko‘rsatkich musobaqa ishtirokchilari orasidagi klublar ichida eng yuqorisi hisoblanadi.

Ro‘yxatdan Angliya, Norvegiya, G‘ana, Misr, Belgiya, Fransiya, Xorvatiya, Portugaliya, Niderlandiya, Ispaniya, Jazoir va O‘zbekiston terma jamoalari vakillari o‘rin olgan.

Ular orasida O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov ham bor. Shu tariqa u ham «Manchester Siti»ning mazkur natijasiga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Klubdan Jahon chempionatiga chaqirilgan futbolchilar:

— Niko O'Rayli (Angliya)
— Jon Stounz (Angliya)
— Mark Gehi (Angliya)
— Jeyms Trafford (Angliya)
— Erling Xoland (Norvegiya)
— Antuan Semeno (G‘ana)
— Omar Marmush (Misr)
— Jeremi Doku (Belgiya)
— Rayan Sherki (Fransiya)
— Mateo Kovachich (Xorvatiya)
— Mateush Nunesh (Portugaliya)
— Tijjani Reynders (Niderlandiya)
Rodri (Ispaniya)
Bernardu Silva (Portugaliya)
— Natan Ake (Niderlandiya)
— Rayan Ait-Nuri (Jazoir)
— Abduqodir Husanov (O‘zbekiston)
— Ruben Diash (Portugaliya)
— Yoshko Gvardiol (Xorvatiya).

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar