UFC jangchisi Shavkat Rahmonov turmush o‘rtog‘i bilan yarashdi

UFC jangchisi Shavkat Rahmonov turmush o‘rtog‘i bilan yarashdi

UFC jangchisi Shavkat Rahmonov va uning turmush o‘rtog‘i Guloyim o‘rtasida boshlangan ajrashish jarayoni tomonlarning o‘zaro kelishuvga kelishi ortidan to‘xtatildi. Bu haqda huquqshunos Meirman Shekeyev ma’lum qildi.

Sportchiga mazkur masala yuzasidan huquqiy maslahat bergan mutaxassisning aytishicha, hozirgi vaqtda er-xotin rasman ajrashmagan. Shuningdek, avval sudga taqdim etilgan arizalar ham qaytarib olingan.

“Ular barcha muammolarni hal qilib olishadi deb umid qilaman. Yaqinda Shavkat qiz farzandli bo‘ldi. Erkak uchun qiz farzand alohida qadrli inson hisoblanadi. Shu bois bunday vaziyatlarda shoshilinch xulosalar chiqarmaslik kerak. Qonun nuqtayi nazaridan ular hali ham oila hisoblanadi. Ilk bor ajrashish uchun murojaat qilishgan, ammo keyinchalik yarashib, arizalarini qaytarib olishgan. Hozircha vaziyat shu holatda qolmoqda”, dedi bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Guloyim 2025 yil yozida Olmaota — Yekaterinburg avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasidan keyin jamoatchilik e’tiboriga tushgan edi. O‘sha fojia oqibatida uning opasi va yaqin dugonasi hayotdan ko‘z yumgan.

2026 yil mart oyi oxirida sud Guloyimni ushbu voqeada aybdor deb topib, unga nisbatan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini belgilagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Aziza Shukhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar