Jahon kubogi: O‘zbekistonlik bokschilar 12 ta medalni qo‘lga kiritishdi

Xitoyning Guiyang shahrida boks bo‘yicha o‘tkazilgan nufuzli Jahon kubogi o‘z yakuniga yetdi. O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur musobaqada mamlakatimiz vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etib, jami 12 ta medalni qo‘lga kiritishdi.
Jamoaviy hisob: Erkaklarimiz yana birinchi!
O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi an’anaga sodiq qolgan holda, dunyoda tengsiz ekanligini yana bir bor isbotladi va jamoaviy hisobda yetakchilikni qo‘lga kiritdi. Ayollar o‘rtasidagi natijalar ham qo‘shilgan umumiy jadvalda esa vakillarimiz kuchli uchlikdan joy olishdi.
Erkaklar o‘rtasidagi jamoaviy reyting:
O‘zbekiston — 3 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza.
Qozog‘iston — 3 ta oltin, 3 ta bronza.
Fransiya — 2 ta oltin, 1 ta bronza.
Ayollar va erkaklar natijalari jamlangan umumiy jadval:

G‘olib va sovrindorlarimiz bilan tanishing:
Jahon kubogida shohsupaga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalarining to‘liq ro‘yxati:
Oltin medal sohiblari:
-60 kg— Abdumalik Xalokov-80 kg— Javohir Ummataliyev-90 kg— To‘rabek Xabibullayev-57 kg— Nigina O‘ktamova
Kumush medal sohiblari:
-50 kg— Asilbek Jalilov-48 kg— Farzona Fozilova+80 kg— Oltinoy Sotimboyeva
Bronza medal sohiblari:
-85 kg— Akmaljon Isroilov+90 kg— Arman Maxanov-60 kg— Sitora Turdibekova-75 kg— Aziza Zokirova
O‘zbekiston boks maktabi dunyoda eng kuchlilardan biri ekanligini yana bir bor namoyish etgan barcha sportchilarimiz va murabbiylar shtabini ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz!































Izohlar 0
…