Vinisius Junior Real Madrid bilan yangi shartnoma imzolashga yaqin

Vinisius Junior Arsenal klubining taklifini rad etib, Real Madrid bilan yangi shartnoma imzolashga juda yaqin keldi. Tomonlar Madridda o'tkazilgan uchrashuvlardan so'ng kelishuvga erishgan bo'lib, futbolchiga yillik 18,5 million funt sterling maosh taklif qilinmoqda. Amaldagi shartnoma kelasi yilning iyun oyida yakunlanishi kerak edi, uni uzaytirish bo'yicha dastlabki muzokaralar esa 2025-yilning yanvar oyida boshlangan.
Madridning Real klubi hujumchisi Vinisius Junior faoliyatini Ispaniya poytaxtida davom ettirishi kutilmoqda. Sky Sports News nashri tarqatgan maʼlumotlarga koʻra, futbolchi Londonning Arsenal klubi taklifini rad etib, qirollik klubi bilan yangi va manfaatli shartnoma imzolashga juda yaqin keldi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Soʻnggi kunlarda tomonlar oʻrtasida Madridda boʻlib oʻtgan uchrashuvlar yakuni boʻyicha muzokaralar ijobiy tus oldi. Real Madrid rahbariyati hujumchiga yillik 18,5 million funt sterling miqdoridagi maoshni nazarda tutuvchi sezilarli darajada yaxshilangan yangi shartnoma taklif qilgan.
Aslida amaldagi kelishuv kelasi yilning iyun oyida oʻz nihoyasiga yetishi kerak edi. Shartnomani uzaytirish boʻyicha dastlabki suhbatlar 2025-yilning yanvar oyida boshlangan boʻlib, shu paytgacha kelishuv choʻzilib kelayotgan edi.
Arsenal qiziqishi va transferdagi burilish
Arsenal klubi braziliyalik futbolchining xizmatlariga jiddiy qiziqish bildirib, uning dastlabki moliyaviy talablarini qondirishga tayyor edi. Mikel Arteta jamoasi tarkibni kuchaytirish va transfer bozorida faol boʻlish niyatida ekanini ochiqchasiga taʼkidlagandi. Biroq Real Madridning soʻnggi taklifi vaziyatni tubdan oʻzgartirib yubordi.Taniqli sport jurnalisti Fabrizio Romano ham ushbu vaziyat boʻyicha muhim muvaffaqiyatga erishilganini tasdiqladi. Uning soʻzlariga koʻra, futbolchi, uning Roc Nation agentlik vakillari hamda Real Madrid rahbariyati oʻrtasidagi yuzma-yuz uchrashuvdan soʻng tomonlar umumiy toʻxtamga kelishgan.
Ijtimoiy tarmoqlardagi shubhali harakatlar
Muzokaralar qizgʻin pallaga kirgan bir paytda, Vinisius Junior chorshanba oqshomida oʻzining Instagram sahifasidagi barcha rasmlarini oʻchirib tashlagani jamoatchilik orasida turli mish-mishlarni keltirib chiqargandi. Qariyb 64 million obunachiga ega sahifaning toʻsatdan tozalandi Arsenalga oʻtish ehtimoli haqidagi xabarlarni kuchaytirgandi.Shunga qaramay, klub bosh murabbiyi ushbu futbolchini kelgusi mavsum uchun asosiy boʻgʻin sifatida koʻrmoqda. Madridliklar yozgi transfer oynasida ortiqcha muammolarga duch kelmaslik uchun masalani imkon qadar tezroq hal qilishni maqsad qilgan edi va yakunda bu urinishlar oʻz samarasini bermoqda.






























Izohlar 0
…