"H" guruhi. Ispaniya peshqadam, Kabo-Verde esa tarixiy pley-offda

2026 yilgi jahon chempionatida «H» guruhining so‘nggi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Ispaniya Urugvayni minimal hisobda mag‘lub etgan bo‘lsa, Kabo-Verde Saudiya Arabistoni bilan durang o‘ynab, tarixiy natija qayd etdi.
Ispaniya va Urugvay o‘rtasidagi bahs keskin kurashlar ostida o‘tdi. Uchrashuv taqdirini 42-daqiqada Baena urgan yagona gol hal qildi. Qolgan vaqtda Urugvay hisobni tenglashtirishga harakat qildi, ammo ispaniyaliklar ustunlikni saqlab qoldi.
Bahsning so‘nggi daqiqalarida urugvaylik Kanobbio qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Shu tariqa, Ispaniya 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, guruhni 7 ochko bilan birinchi o‘rinda yakunladi.
JCH-2026. «H» guruhi, 3-tur
Urugvay — Ispaniya — 0:1
Gol: Baena, 42.
Urugvay: Muslera (Roket, 46), Varela, Kaseres, Olivera, Sanabriya (Rodriges, 70), Ugarte (de la Kruz, 45), Bentankur, Valverde (Vinyas, 57), Kanobbio, Arauxo, Nunes.
Ispaniya: Simon, Lorente, Kubarsi, Laport, Kukurelya, Merino (Olmo, 60), Rodri, Pedri (Ruis, 60), Yamal (Uilyams, 76), Baena (Pino, 66), Oyarsabal (Ferran, 76).
Ogohlantirishlar: Baena, 46; Sanabriya, 54; Varela, 58; de la Kruz, 90+3.
Chetlatish: Kanobbio, 90+5.
Guruhning ikkinchi uchrashuvida Kabo-Verde va Saudiya Arabistoni golsiz durang qayd etdi. Har ikki jamoa ham vaziyatlar yaratgan bo‘lsa-da, darvozalar daxlsiz qoldi.
Kabo-Verde — Saudiya Arabistoni — 0:0
Kabo-Verde: Vozinya, Pina (Moreyra, 90+4), Roberto Lopes, Borxes, Paulo, Lenini, Mendesh (Rodriges, 71), Duarte, Monteyro (Duarte, 71), Semedo (Varela, 61), Livramento (da Koshta, 61).
Saudiya Arabistoni: Al Ovays, Abdulhamid, Al Amri, At Tambakti (Lajami, 33), Bushal (Al Harbi, 82), Madash (Al Hamdan, 66), Nosir Ad Dovsari, Al Haybari (Juvayr, 46), Salim Ad Dovsari (Ash Shamat, 66), Kanno, Al Buraykan.
Ogohlantirishlar: Abdulhamid, 4; Pina, 9; N. Ad Dovsari, 67; Al Buraykan, 90+3.
Ushbu natijadan keyin Kabo-Verde 3 ochko bilan guruhda ikkinchi o‘rinni egalladi. Jamoa jahon chempionatidagi ilk ishtirokidayoq pley-off bosqichiga chiqib, tarixiy natijaga erishdi.
«H» guruhining yakuniy holati:
Ispaniya — 7 ochko, to‘plar nisbati 5:0;
Kabo-Verde — 3 ochko, to‘plar nisbati 2:2;
Urugvay — 2 ochko, to‘plar nisbati 3:4;
Saudiya Arabistoni — 2 ochko, to‘plar nisbati 1:5.































Izohlar 0
…