Senegal Iroqni yirik hisobda yengib, pley-off umidini saqlab qoldi

2026 yilgi jahon chempionatida guruh bosqichining 3-tur uchrashuvlari davom etmoqda. «I» guruhida Senegal milliy jamoasi Iroqni 5:0 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini saqlab qoldi.
Senegal o‘yinni juda faol boshladi va 4-daqiqada Diarra hisobni ochdi. 13-daqiqada Iroq himoyachisi Sulaka qizil kartochka olib, jamoasini bir kishi kam qoldirdi.
Son jihatdan ustunlikka ega bo‘lgan Senegal ikkinchi bo‘limda raqib darvozasiga yana to‘rt bor yo‘l topdi. 56-daqiqada Sarr farqni oshirdi. Oradan uch daqiqa o‘tib Pap Guye hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirdi.
71-daqiqada Pap Guye dubl qayd etdi. Uchrashuvga nuqtani 82-daqiqada Ndiaye qo‘ydi — 5:0.
JCH-2026. «I» guruhi, 3-tur
Senegal — Iroq — 5:0
Gollar: Diarra, 4; Sarr, 56; P. Guye, 59, 71; Ndiaye, 82.
Senegal: Diav, Diatta, Sek (Siss, 58), Niakate, Yakobs, I. Guye, Diarra (P. Guye, 57), Mbaye (Ndiaye, 57), Kamara (Jekson, 57), Mane, Sarr (Diao, 81).
Iroq: Basil (Hasan, 46), Putros, Hoshim, Sulaka, Doski, Al Ammari, Jassim (Ar Reshavi, 58), Bayish, Iqbol (Yakob, 67), Qosim (Yunus, 16), Al Hammadi (Yusuf, 58).
Ogohlantirishlar: Sek, 18; Al Ammari, 75; P. Guye, 81; Doski, 90.
Chetlatish: Sulaka, 13.
Ushbu g‘alabadan keyin Senegal 3 ochko bilan guruhda uchinchi o‘rinni egalladi. Endi jamoa eng yaxshi uchinchi o‘rin sohiblari qatorida pley-offga chiqish uchun boshqa guruhlardagi natijalarni kutadi.
Iroq esa ochkosiz qolib, turnirdagi ishtirokini yakunladi.































Izohlar 0
…