Muhammad Saloh Eronga qarshi o‘yinda jarohat oldi

Muhammad Saloh Eronga qarshi o‘yinda jarohat oldi

Misr milliy jamoasi hujumchisi Muhammad Saloh jahon chempionati guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan Eronga qarshi bahsda jarohat oldi.

Taniqli forvard ikkinchi bo‘lim boshlanishidayoq maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Zaxira o‘rindig‘iga qaytgach, Misr terma jamoasi tibbiy shtabi uning jarohat olgan oyog‘ini bog‘lab qo‘ydi.

Hozircha Salohning jarohati qay darajada jiddiy ekani haqida rasmiy ma’lumot berilmagan. Uning pley-off bahslarida ishtirok etishi tibbiy tekshiruvlardan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

Qayd etish joiz, Misr milliy jamoasi jahon chempionatining pley-off bosqichiga chiqish masalasini oldindan hal qilib bo‘lgan.

2026 yilgi mundial 11 iyundan 19 iyulga qadar AQSH, Kanada va Meksikada o‘tkazilmoqda. Amaldagi jahon chempioni Argentina bo‘lib, u 2022 yilgi finalda Fransiyani mag‘lub etgan edi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar