O‘zbekiston Kongo DRga qarshi oq libosda maydonga tushadi

O‘zbekiston Kongo DRga qarshi oq libosda maydonga tushadi

O‘zbekiston milliy jamoasi 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan Kongo DRga qarshi uchrashuvda oq libosda harakat qiladi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

28 iyun kuni bo‘lib o‘tadigan muhim bahs oldidan FIFA vakillari hamda har ikki jamoa rasmiylari ishtirokida tashkiliy uchrashuv o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida musobaqa reglamentiga oid masalalar muhokama qilinib, tomonlarga bir qator tushuntirish va eslatmalar berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston futbolchilarining Kongo DRga qarshi bahsda to‘liq oq rangli libosda maydonga tushishi ma’lum qilindi. Milliy jamoamiz darvozaboni esa qora libosda harakat qiladi.

Kongo DRga qarshi uchrashuv O‘zbekiston uchun jahon chempionatidagi ilk g‘alabani qo‘lga kiritish imkoniyati hisoblanadi. Futbolchilarimiz hal qiluvchi bahsda bor kuchini ishga solib, muxlislarni quvontirishga harakat qiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar