JCH-2026: Bugun bo‘lib o‘tadigan o‘yinlar ro‘yxati bilan tanishing

AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qilayotgan 2026 yilgi jahon chempionatida guruh bosqichining hal qiluvchi uchinchi tur uchrashuvlari davom etmoqda.
Bugun va ertaga «L», «K» hamda «J» guruhlarida muhim bahslar bo‘lib o‘tadi. Kunning asosiy uchrashuvlaridan birida O‘zbekiston milliy jamoasi Kongo DRga qarshi maydonga tushadi.
«L» guruhida soat 02:00 da Panama Angliya bilan, Xorvatiya esa Ganaga qarshi kuch sinashadi. Ushbu bahslardan so‘ng guruhdagi yakuniy o‘rinlar aniq bo‘ladi.
Soat 04:30 da «K» guruhining ikki hal qiluvchi uchrashuvi o‘tkaziladi. O‘zbekiston terma jamoasi Kongo DRga qarshi bahs olib borsa, Kolumbiya Portugaliya bilan to‘qnashadi.
Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston uchun mazkur uchrashuv jahon chempionatidagi ilk g‘alabani qo‘lga kiritish imkoniyati hisoblanadi.
Kun dasturi soat 07:00 da Iordaniya va amaldagi jahon chempioni Argentina o‘rtasidagi bahs bilan yakunlanadi.
Bugungi uchrashuvlar ro‘yxati:
Panama — Angliya — 02:00
Xorvatiya — Gana — 02:00
Kongo DR — O‘zbekiston — 04:30
Kolumbiya — Portugaliya — 04:30
Iordaniya — Argentina — 07:00
Uchinchi turda har bir ochko muhim ahamiyatga ega. Ayrim jamoalar pley-off yo‘llanmasi uchun, boshqalari esa guruhda yuqori o‘rinni egallash uchun kurash olib boradi.































Izohlar 0
…