Argentina 1/16 finalda Kabo-Verde bilan to‘qnashadi

Argentina 1/16 finalda Kabo-Verde bilan to‘qnashadi

Amaldagi jahon chempioni Argentina milliy jamoasining 2026 yilgi mundial 1/16 final bosqichidagi raqibi ma’lum bo‘ldi.

Argentinaliklar «J» guruhini birinchi o‘rinda yakunlab, pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Ularning navbatdagi raqibi esa jahon chempionatida ilk bor ishtirok etayotgan Kabo-Verde bo‘ladi.

Afrika vakillari «H» guruhida uchta durang qayd etib, ikkinchi pog‘onani egalladi. Shu tariqa, Kabo-Verde debyut mundialidayoq pley-off bosqichiga chiqib, tarixiy natijaga erishdi.

Argentina va Kabo-Verde o‘rtasidagi 1/16 final uchrashuvi 3 iyul kuni Mayami shahrida bo‘lib o‘tadi. Amaldagi chempion bahs favoriti hisoblansa-da, Kabo-Verde guruh bosqichida mag‘lubiyatsiz harakat qilib, oson raqib emasligini ko‘rsatdi.

«H» guruhini birinchi o‘rinda yakunlagan Ispaniya esa 1/16 finalda «J» guruhining ikkinchi pog‘ona sohibi bilan kuch sinashadi.

Ushbu yo‘llanma uchun Avstriya va Jazoir milliy jamoalari kurash olib bormoqda. Shu sabab Ispaniyaning pley-offdagi raqibi guruhning so‘nggi uchrashuvlaridan keyin aniq bo‘ladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar