Kannavaro: «Futbolchilar qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi»

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Kongo Demokratik Respublikasiga qarshi uchrashuvdan keyin jamoaning harakatiga baho berdi.
Uning aytishicha, O‘zbekiston birinchi bo‘limda katta kuch sarflagan. Jamoa jismoniy jihatdan yaxshi harakat qilgan bo‘lsa-da, raqib ham bu borada yuqori tayyorgarlikka ega bo‘lgan.
«O‘yindan oldin to‘pni nazorat qilmasak, bizga qiyin bo‘lishini bilardik. Birinchi bo‘limni yaxshi boshladik, bir qator imkoniyatlar yaratdik. Ikkinchi bo‘limda esa xatolar qila boshladik va shuning ortidan gollar o‘tkazib yubordik», dedi Kannavaro.
Italiyalik mutaxassis ushbu Jahon chempionati o‘zi va futbolchilar uchun katta tajriba bo‘lganini ta’kidladi. Uning fikricha, musobaqadagi o‘yinlar kelajakda jamoaga qo‘shimcha motivatsiya beradi.
Kannavaro futbolchilar bilan ko‘p muloqot qilganini ham aytdi. U guruhda kuchli raqiblarga qarshi o‘ynash oson bo‘lmasligini oldindan bilganini, biroq yakuniy natijadan afsusda ekanini yashirmadi.
«Biz xatolar qildik. Lekin futbolchilardan shikoyat qilmayman. Ular qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi. Men ulardan faxrlanaman», dedi bosh murabbiy.































Izohlar 0
…