JCH-2026. Argentinada 100%lik natija, «J» guruhida haqiqiy "triller"...

Futbol bo‘yicha Jahon chempionatining «J» guruhida so‘nggi 3-tur bahslari yakunlandi. Lionel Messi boshliq Argentina terma jamoasi navbatdagi g‘alabasini tantana qilgan bo‘lsa, parallel kechgan Jazoir va Avstriya o‘rtasidagi uchrashuv mundial tarixidagi eng dramatik o‘yinlardan biriga aylandi.
Iordaniya — Argentina: Messi va Lo Chelsoning klassikasi
Argentina terma jamoasi guruh bosqichini ko‘tarinki kayfiyatda yakunladi. Birinchi bo‘limning o‘zidayoq Jovani Lo Chelso va Lautaro Martines (penaltidan) raqib darvozasini ishg‘ol qilib, amalda o‘yin taqdirini hal qilishdi. Iordaniya vakili al-Tamari 55-daqiqada hisobni qisqartirgan bo‘lsa-da, 80-daqiqada Lionel Messi o‘z so‘zini aytdi va yakuniy nuqtani qo‘ydi — 1:3.
Janubiy amerikaliklar 100 foizlik natija (3 ta o‘yinda 3 ta g‘alaba) bilan pley-offga yo‘l olishdi. Iordaniya esa biror ochko ololmay, musobaqa bilan xayrlashdi.
JCH-2026. «J» guruhi. 3-tur Iordaniya — Argentina 1:3 Gollar: Tamari (55) — Lo Chelso (19), Lautaro (31 pen), Messi (80).
Jazoir — Avstriya: 90+6-daqiqadagi gol va 6 ta to‘p kiritilgan drama
Afrika va Yevropa vakillari o‘rtasidagi bahs haqiqiy gollar shousini taqdim etdi. Marko Arnautovich va Marsel Zabitserning gollariga Jazoir safidan Belgali hamda afsonaviy Riyad Mahrez javob qaytardi.
Haqiqiy drama hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda yuz berdi: 90+3-daqiqada Mahrez dublini rasmiylashtirib, Jazoirga g‘alaba taqdim etgandek tuyulgandi, ammo 90+6-daqiqada Sasha Kalajich Avstriyani mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi — 3:3. Ushbu jangovor durang har ikki jamoani ham 1/16 finalga olib chiqdi.
«J» guruhidagi yakuniy turnir jadvali
3-tur o‘yinlaridan so‘ng guruhdagi yakuniy holat quyidagicha ko‘rinish oldi. Argentina, Avstriya va Jazoir pley-off yo‘llanmasini naqd qilishdi:
№ | Jamoalar | O‘yin | G‘alaba | Durang | Mag‘lubiyat | To‘plar nisbati | Ochko |
1 | Argentina | 3 | 3 | 0 | 0 | 8:1 | 9 |
2 | Avstriya | 3 | 1 | 1 | 1 | 6:6 | 4 |
3 | Jazoir | 3 | 1 | 1 | 1 | 5:7 | 4 |
4 | Iordaniya | 3 | 0 | 0 | 3 | 3:8 | 0 |
Jamoalarning o‘yindagi tarkiblari:
Iordaniya: Abu Layla, Nasib, Al Arab, Abudahab, Haddod, Ar Rashdan, Ar Ravabdeh, Taha, Olvan, Fahuri, Al Azayzeh.
Argentina: Martines, Otamendi, Senesi, Talyafiko, Simeone, Paredes, Palasios, Lo Chelso, Paz, Alvares, {Lautaro} Martines.
Jazoir: Benbot, Belgali, Mandi, Bensebayni, Hadjam, Auar, Bentaleb, Maza, Mahrez, Gouri, Chaibi.
Avstriya: Shlager, Posh, Linhart, Alaba, Mvene, Seyvald, Shlager, Shmidt, Laymer, Sabitser, Arnautovich.































Izohlar 0
…