Germaniya va Paragvay o‘yini oldidan tarkiblar ma’lum bo‘ldi

Jahon chempionati pley-off bosqichida Germaniya hamda Paragvay terma jamoalari to‘qnash keladi. 1/16 final doirasidagi uchrashuv bugun soat 01:30 da Bostondagi «Foksboro» stadionida o‘tkaziladi. Yulian Nagelsmann Germaniyani 4-2-3-1, Gustavo Alfaro esa Paragvayni 4-5-1 sxemasida maydonga tushiradi. Darvozalarni Manuel Noyer va Orlando Xil qo‘riqlaydi.
Germaniyaning himoya chizig‘idan Yozua Kimmix, Antonio Ryudiger, Jonatan Ta va Nataniel Braun joy olgan. Tayanch yarim himoyada Feliks Nmecha bilan Aleksandr Pavlovich o‘ynaydi.
Hujumlarni tashkil etish vazifasi Leroy Zane, Deniz Undav va Florian Virs zimmasiga yuklatilgan. Kay Havers esa eng oldingi chiziqda harakat qiladi.
Germaniya tarkibi
• Manuel Noyer
• Yozua Kimmix
• Antonio Ryudiger
• Jonatan Ta
• Nataniel Braun
• Feliks Nmecha
• Aleksandr Pavlovich
• Leroy Zane
• Deniz Undav
• Florian Virs
• Kay Havers
Zaxirada Jamal Musiala, Leon Goretska, Nik Voltemade, Maksimilian Bayer, Paskal Gross, David Raum va boshqa futbolchilar bor.
Paragvay tarkibida Xulio Ensiso, Migel Almiron va Andres Kubas kabi futbolchilar asosiy tarkibdan o‘rin olgan. Jamoaning yagona hujumchisi sifatida Gabriel Avalos maydonga tushadi.
Paragvay tarkibi
• Orlando Xil
• Xunior Alonso
• Xose Kanale
• Gustavo Gomes
• Xuan Kaseres
• Xulio Ensiso
• Matias Galarsa
• Andres Kubas
• Damian Bobadilya
• Migel Almiron
• Gabriel Avalos
Paragvay zaxirasida Omar Alderete, Fabian Balbuena, Ramon Sosa, Antonio Sanabriya, Aleks Arse va Isidro Pitta kabi futbolchilar uchrashuvga qo‘shilishga tayyor.
Germaniya to‘p nazorati va qanotlar orqali hujum qilishga urinsa, Paragvay markazni zich yopib, qarshi hujumlarga tayanishni rejalashtirgan. G‘olib jamoa jahon chempionatining keyingi bosqichiga chiqadi.































Izohlar 0
…