Ronaldu yangi mavsumdagi ilk golini urdi

Ronaldu yangi mavsumdagi ilk golini urdi

Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining yangi mavsumida hisobini ochdi. Portugaliyalik hujumchi 21 avgust kuni “Al-Nasr”ning “Ar-Riyod”ga qarshi uchrashuvida raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Saudiya Arabistoni Premer-ligasining 2-turi doirasidagi bahsda “Al-Nasr” raqibini 4:0 hisobida mag‘lub etdi. 41 yoshli Ronaldu jamoasining uchinchi goliga mualliflik qilib, g‘alabaga o‘z hissasini qo‘shdi.

Mazkur gol portugaliyalik futbolchining 2026/27 yilgi mavsumdagi ilk goli bo‘ldi. Shuningdek, Ronaldu faoliyati davomida urgan gollari sonini 977 taga yetkazdi.

Ronaldu 2022 yil dekabridan buyon Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubida to‘p surib kelmoqda. U professional faoliyatini 2002/03 yilgi mavsumda boshlagan va joriy mavsum uning katta futboldagi 25-mavsumi hisoblanadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar