Krishtianu Ronaldu noyabrda O‘zbekistonga kelishi mumkin

Krishtianu Ronaldu noyabrda O‘zbekistonga kelishi mumkin

Futbol muxlislarini xursand qiladigan xabar: afsonaviy portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu shu yil noyabr oyida O‘zbekistonga tashrif buyurishi mumkin.

2026/27 yilgi Osiyo Chempionlar Ligasi elit bosqichining taqvimi ma’lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, Toshkentning «Paxtakor» klubi 2 noyabr kuni o‘z maydonida Krishtianu Ronaldu to‘p tepadigan Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» jamoasini qabul qilishi kutilmoqda.

Agar uchrashuvda Ronaldu maydonga tushsa, bu uning O‘zbekistonga ilk tashrifi bo‘lishi mumkin. Portugaliyalik yulduz ayni paytda «Al-Nasr» safida faoliyatini davom ettirmoqda.

O‘zbekistonlik futbol muxlislarini yana bir yirik uchrashuv kutmoqda. Farg‘onaning «Neftchi» jamoasi 23 noyabr kuni Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubini qabul qilishi belgilangan. Bu bahsda muxlislar jahon futboli yulduzlaridan biri — Karim Benzemani ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.

Futbolchilar Krishtianu Ronaldu va Karim Benzemaning yonma-yon portretlari.

Shu tariqa noyabr oyida O‘zbekistonda jahon futboli yulduzlari ishtirokidagi ikki muhim uchrashuvga qiziqish katta bo‘lishi kutilmoqda.

Xo‘sh, Krishtianu Ronaldu Toshkentga kelib, «Paxtakor»ga qarshi maydonga tushadimi?

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar