Boks bo‘yicha JCHda qaynoq oqshom: O‘zbekiston vakillari medallar uchun jangga kirishmoqda

Boks bo‘yicha JCHda qaynoq oqshom: O‘zbekiston vakillari medallar uchun jangga kirishmoqda

Boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati o‘zining eng qizg‘in va murosasiz pallasiga kirib bormoqda. Musobaqa dasturidan navbatdagi nimchorak va chorak final bahslari o‘rin olgan bo‘lib, bugun jahon toji uchun kechadigan shiddatli janglarda O‘zbekiston terma jamoasining 6 nafar a’zosi ringga ko‘tariladi.

O‘zbekiston Boks federatsiyasi xabariga ko‘ra, hamyurtlarimiz kun davomida qit’aning va dunyoning nomdor charm qo‘lqop ustalariga, jumladan, Rossiya va AQSH vakillariga qarshi ringga chiqishadi.

Bugungi janglar jadvali va hamyurtlarimizning raqiblari

Muxlislar kun davomida quyidagi juftliklar to‘qnashuviga guvoh bo‘lishadi:

  • -48 kg: Muxtasar Aliyeva — Banuchichak Nasirli (Ozarbayjon) | «B» ring, 17:30

  • -57 kg: Robiya Ravshanova — Besma Bahri (Jazoir) | «A» ring, 19:00

  • -70 kg: Maftuna Yangiyeva — Aleksandra Kosheleva (Rossiya) | «A» ring, 22:15

  • -85 kg: Sardorbek Bahromxo‘jayev — Ioannis Poumpouridis (Gretsiya) | «A» ring, 22:45

  • -90 kg: Asadbek Sultanboyev — Temirsultan Temirsultanov (Rossiya) | «B» ring, 23:15

  • +90 kg: Islam Salixov — Stevart Reid (AQSH) | «B» ring, 23:45

Janglarning boshlanish vaqti

Bellashuvlar Toshkent vaqti bilan ikki bosqichda tashkil etiladi:

  • Kunduzgi dastur: Soat 17:00 da start oladi;

  • Kechki dastur: Soat 21:00 da davom ettiriladi.

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi a’zolarining bugungi bellashuvlari turnirdagi medallar jamg‘armasi va yuqori o‘rinlar taqdirini hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar