
Bugun Qozogʻiston Premyer-ligasida 26-tur oʻyinlari boʻlib oʻtmoqda.
Hamyurtimiz Server Jeparov faoliyat olib boradigan “Jetisu” klubi safarda “Tobol”ga qarshi bahs olib bordi. Osiyoning ikki karra eng yaxshi futbolchisi - Jeparov mazkur oʻyinni asosiy tarkibda boshladi.
Bugungi uchrashuv Jeparov uchun “Jetisu” safidagi debyut oʻyini boʻlganligini taʼkidlash joiz. Eʼtiborlisi, 80-raqamda oʻynaydigan Server 80-daqiqada penaltidan gol kiritib, raqib darvozasini ishgʻol etishga erishdi. Uchrashuv esa 2:2 hisobi bilan yakuniga yetdi.
Qozogʻiston Premyer-ligasi. 26-tur
“Tobol” - “Jetisu” 2:2
Gollar: Kvekveskiri (32), Nurgaliyev (35) - Stepanyuk (21), Jeparov (80 penaltidan). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar