09:57 / 10.07.2020
3 017

Yaxshiboyev: “Shaxtyor”ga Yevropa chempionlar ligasida o‘ynagani keldim

Yaxshiboyev: “Shaxtyor”ga Yevropa chempionlar ligasida o‘ynagani keldim
Belarus chempionati peshqadami “Shaxtyor” klubi o‘zbekistonlik Jasur Yaxshiboyevning jamoa safiga qo‘shilganini rasman e’lon qildi.
Jasurning transfer huquqi hamon “Paxtkor” jamoasiga tegishli. Yil boshida Yaxshiboyevni “Energetik-BGU” ijaraga olgan edi. Poytaxtliklar safida 14 ta uchrashuvda maydonga tushgan hamyurtimiz to‘qqizta gol va uchta golli pas muallifi bo‘ldi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha chempionat yetakchisi hisoblanadi.

Yaxshiboyevning Soligorsk jamoasidagi ijarasi mavsum oxirigacha davom etadi.
O‘zbek to‘purari yangi jamoasida 22-raqamda to‘p suradigan bo‘ldi. O‘z navbatida, Jasur Yaxshiboyev dastlabki taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Soligorsk shahriga, “Shaxtyor”ga kelganimdan xuransandman. Turli variantlar va gap-so‘zlar bor edi. Xususan BATE va “Dinamo” jamoalari haqida ham ma’lumotlar tarqalgandi. O‘zimga “Shaxtyor” ma’qul keldi. Oilam bilan ham maslahatlashdim. Hammamizga shu variant yoqdi.

Endi Soligorskda yashab, shahar bilan yaqindan tanishamiz. Har bir futbolchi Yevropa Chempionlar ligasi, Yevropa ligasi kabi yuqori nufuzli musobaqalarda o‘ynashni istaydi. “Shaxtyor” shu musobaqalarga chiqishga da’vogar ekanini bilardim.

Hozir hamma to‘purar bahsidagi raqobatchim Vitaliy Lisakovich bilan birga qanday o‘ynashim haqida qiziqyapti. To‘g‘risi, hozir bilmayman. Eng muhimi, jamoa g‘alaba qozonishi kerak. Har ikkimizda ham gol urish uchun imkon bo‘ladi. Eng avvalo, jamoaning umumiy manfaati haqida o‘ylash lozim. Shaxsiy ko‘rsatkichlar keyingi masala.

Men “Shaxtyor”ga yordam berishim, o‘zimni ko‘rsatishim kerak. Chempionlikni qo‘lga kiritishni istayman. Asosiysi, mana shu
", - dedi Jasur Yaxshiboyev.

“Paxtakor” tarbiyalanuvchisi Jasur Yaxshiboyev O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchi hisoblanadi. U mamlakatimiz bosh jamoasi safida ikkita uchrashuv o‘tkazgan.

Jasur “Shaxtyor” tarkibidagi ilk uchrashuvini 11 iyul kuni “Gorodeya” jamoasiga qarshi o‘tkazadi. Soligorsk jamoasi 30 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Manba: Sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yaxshiboyev: “Shaxtyor”ga Yevropa chempionlar ligasida o‘ynagani keldim