Olmaotada til mojarosi: supermarketdagi janjal jarimaga olib keldi

Qozog‘istonning Olmaota shahridagi supermarketlardan birida yuz bergan mojaro ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Tarqalgan videolarda ko‘rinishicha, xaridor ayol kassadagi navbatlardan norozi bo‘lib, do‘kon xodimasidan unga rus tilida murojaat qilishni talab qilgan. Biroq administrator vaziyatni qozoq tilida izohlab, yaqin daqiqalarda qo‘shimcha kassir kelishini bildirgan. Aynan shu holat tomonlar o‘rtasida keskin tortishuvga sabab bo‘lgan.
Voqea tez orada ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, foydalanuvchilar o‘rtasida turli fikr va bahs-munozaralarga yo‘l ochdi. Ayrimlar davlat tilida xizmat ko‘rsatilishini qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, boshqalar esa mijozga qulay til tanlash kerakligini ta’kidlagan.
Holat yuzasidan huquq-tartibot organlari tekshiruv o‘tkazib, ish materiallarini sudga taqdim etdi. Sud qaroriga ko‘ra, janjal ko‘targan ayolga 20 MRP miqdorida, ya’ni taxminan 84 ming tenge (qariyb 3 million so‘m) jarima belgilandi.






























Izohlar 0
…