To‘p zarbasi fojiaga aylandi: 14 yoshli futbolchi vafot etdi

To‘p zarbasi fojiaga aylandi: 14 yoshli futbolchi vafot etdi
Qisqacha

Argentinada o‘tkazilgan havaskorlar futbol uchrashuvi vaqtida 14 yoshli o‘smir ko‘kragiga to‘p tekkanidan so‘ng vafot etdi. O‘yin davomida kuchli zarba olgan futbolchi maydonga yiqilib, unda talvasa alomatlari kuzatilgan va shifoxonaga olib ketilayotganda yuragi to‘xtagan. Mutaxassislar ushbu fojiali holatga ko‘krak qafasining chap tomoniga tushgan zarba oqibatida yuzaga keladigan "commotio cordis" hodisasi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Fojiali hodisa Argentinada bo‘lib o‘tgan havaskorlar futbol uchrashuvi vaqtida yuz berdi.

O‘yin davomida to‘p o‘smirning ko‘kragiga qattiq zarb bilan tekkan. Shu zahoti u qichqirib yuborib, maydonga yiqilgan. Bir necha soniyadan so‘ng o‘rnidan turgan bo‘lsa-da, oradan ko‘p o‘tmay yana maysazorga qulab tushgan. Shundan keyin unda talvasa (tutqanoq) alomatlari kuzatilgan.

Voqea joyiga darhol shifokorlar yetib kelib, yosh futbolchini shoshilinch tarzda shifoxonaga olib yo‘l olishgan. Afsuski, yo‘l davomida uning yuragi to‘xtab qolgan. Shifokorlar jonlantirish choralarini ko‘rgan bo‘lsalar-da, o‘smirning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

Mutaxassislar taxminiga ko‘ra, bu holatga “yurak chayqalishi” — tibbiyotda "commotio cordis" deb ataluvchi kam uchraydigan, biroq o‘ta xavfli hodisa sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bunda ko‘krak qafasining chap tomoniga tushgan kuchli zarba yurak ritmini izdan chiqarib, kutilmagan o‘limga olib keladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar