O‘zbekiston milliy jamoasi JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo‘shma saralash bosqichidagi qoldirilgan uchrashuvlarni oktabr va noyabr oylarida o‘tkazadi, deya xabar bermoqda O‘FA rasmiy sayti.
«Ushbu bahslarga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, 3 avgustdan 10 avgustga qadar milliy jamoamiz ishtirokida Toshkentdagi «Bunyodkor» stadionida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini bo‘lib o‘tadi.
Yig‘indan avval milliy jamoa to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Yurtimizdagi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda, mashg‘ulotlar yopiq tarzda o‘tkaziladi», - deyiladi xabarda.
Qayd etish kerak, bu safargi yig‘inga bosh murabbiy Vadim Abramov yangi nomlar bilan birga milliy jamoa bilan xayrlashganini e’lon qilgan futbolchilarni ham taklif etgan.
Xususan, 2019 yilda Falastin – O‘zbekiston (2:0) uchrashuvidan keyin milliy jamoadagi xalqaro faoliyatini yakunlaganligini e’lon qilgan 35 yoshli himoyachi Anzur Ismoilov yana tarkibga jalb etilgan.
Uzoq tanaffusdan keyin darvozabon Aleksandr Lobanov ham milliy jamoadan chaqiruv olgan.
Shuningdek, milliy jamoadan darvozabon Mashhurjon Muhammadjonov, himoyachi Husniddin Aliqulov, Husniddin G‘ofurov, Igor Golban, yarimhimoyachilar Islom Kenjaboyev, Abdulla Abdullayev va hujumchi Shahboz Ubaydullayev ilk marta chaqiruv olgan.
O‘zbekiston milliy jamoasining o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga chaqiruv olgan 32 nafar futbolchi ro‘yxati:
Darvozabonlar: Eldor Suyunov (Paxtakor), O‘tkur Yusupov (Navbahor), Aleksandr Lobanov (Metallurg), Mashhurjon Muhammadjonov (Nasaf)
Himoyachilar: Yegor Krimes (Paxtakor), Farrux Sayfiyev (Paxtakor), Sharof Muhitdinov (Nasaf), Hojiakbar Alijonov (Paxtakor), Sanjar Qodirqulov (Bunyodkor), Murod Xolmuhammedov (Qo‘qon-1912), Anzur Ismoilov (Paxtakor), Igor Golban (Navbahor), Islomjon Qobilov (Bunyodkor), Husniddin Aliqulov (Nasaf), Dilshodbek Ahmadaliyev (Bunyodkor), Akromjon Komilov (Paxtakor), Husniddin G‘ofurov (Surxon).
Yarimhimoyachilar: Jaloliddin Masharipov (Paxtakor), Dostonbek Hamdamov (Paxtakor), Lutfulla To‘rayev (Bunyodkor), Oybek Bozorov (Nasaf), Aziz Turg‘unboyev (Navbahor), Abror Ismoilov (Paxtakor), Nurillo To‘xtasinov (Bunyodkor), Sardor Sobirxo‘jayev (Paxtakor), Abdulla Abdullayev (Bunyodkor), Odil Hamrobekov (Paxtakor), Javohir Siddiqov (Paxtakor), Islom Kenjaboyev (Nasaf).
Hujumchilar: Igor Sergeyev (Paxtakor), Bobir Abduxoliqov (Nasaf), Shahzodbek Ubaydullayev (Metallurg.)
Murabbiylar shtabi:
Bosh murabbiy: Vadim Abramov
Yordamchi murabbiylar: Timur Kapadze, Server Jeparov
Darvozabonlar bo‘yicha murabbiy: Denis Ivankov
Shifokor: Abror Pirriyev. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi