09:35 / 20.09.2020
2 328

"Shabab Al Ahli" ustozi: "Bu hayot va o‘lim qarama-qarshiligi"

"Shabab Al Ahli" ustozi: "Bu hayot va o‘lim qarama-qarshiligi"
Bugun 20 sentabr kuni OCHL G‘arb mintaqasida 5-turga start beriladi. Toshkentning "Paxtakor" jamoasi BAAning "Shabab Al Ahli" klubiga qarshi bellashadi. Bugun ana shu uchrashuv oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Unda "Shabab Al Ahli" bosh murabbiy Jerar Saragosaga yaqindagina "Al Hilol"dan kelib qo‘shilgan braziliyalik legioner Karlos Eduardo hamrohlik qildi.

Jerar Saragosa: "Biz ertaga yetakchi murabbiy va yaxshi o‘yinchilarga ega kuchli va tajovuzkor jamoaga qarshi to‘qnash kelamiz. Bu finalga xos o‘yin bo‘ladi. Qaysidir ma’noda hayot va o‘lim qarama-qarshiligi, chunki g‘alaba guruhdan chiqish imkoniyatlarimizni oshiradi. Biz jamoani raqibni mag‘lub etsa bo‘ladigan o‘yinga tayyorladik".

- Bizdan talab qilinadigan narsaga erishish uchun birgalikda kurashishimiz zarur. Bizda ko‘rsatmalarni maydonda bajara oladigan tajribali yetakchi o‘yinchilar bor va biz doim ulardan eng yaxshisini kutamiz.

- O‘ylashimcha, bu oldingi ikki o‘yindan juda katta farq qilmaydi. "Paxtakor" daraja bo‘yicha Eron klubi ("Shahr Xodro")dan kuchli. Maqsadimizga yetish uchun barcha yo‘nalishlarda kuchli bo‘lishga umid qilamiz. O‘yinimizni yanada kuchaytirishga yordam beradigan ba’zi o‘zgarishlarga qo‘l uramiz.

Karlos Eduardo: "Qiyin qarama-qarshilik bo‘ladi, chunki kuchli raqib bilan o‘ynaymiz. Biz buni final o‘yini deb hisoblaymiz, shu sabab unga yaxshi tayyorlandik. Bu hayot emas, "o‘lim" bahsi. Keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini oshirish uchun g‘alaba qozonishimiz shart".

- Jamoadagi sheriklarim bilan hamkorlik sabab tez kirishib ketdim. O‘yin uslubim oldingi jamoam ("Al Hilol")dagidan biroz farq qilishi mumkin. Jismoniy tayyorgarligimni tiklash va keyingi ikki o‘yinga 100 foiz tayyor bo‘lish uchun ko‘p ishladim.

Eslatib o‘tamiz, "Shabab Al Ahli" - "Paxtakor" bahsi ertaga mahalliy vaqt bilan 21:00 (toshkent vaqti bilan 23:00)da start oladi. Bahs "Al Janub" stadionida o‘tkaziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Shabab Al Ahli" ustozi: "Bu hayot va o‘lim qarama-qarshiligi"