Ilon Mask trillioner maqomini yo‘qotib, rekorddan tushdi

Amerikalik tadbirkor Ilon Maskning boyligi 1 trillion dollarlik chegaradan pastga tushdi. “Bloomberg” ma’lumotlariga ko‘ra, uning hozirgi boyligi 957 milliard dollarni tashkil etmoqda. Biroq, “Forbes” hisob-kitoblarida Maskning boyligi hali ham 1,1 trillion dollar atrofida baholanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Ilon Mask 12 iyun kuni tarixdagi birinchi trillionerga aylangan edi. Biroq 23 iyun kuni SpaceX aksiyalari 3,9 foizga arzonlashib, bir dona aksiya narxi 148,57 dollargacha tushdi. Natijada kompaniyaning bozor kapitalizatsiyasi 1,99 trillion dollargacha kamaydi.
Shu tariqa, SpaceX rekord darajadagi IPO‘dan keyin ilk bor 2 trillion dollarlik chegaradan pastga tushdi va dunyodagi eng yirik ommaviy kompaniyalar reytingida yettinchi o‘ringa tushib qoldi. Bu kompaniya uchun ketma-ket to‘rtinchi kapitalizatsiya yo‘qotilgan savdo sessiyasi bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, iyun oyida SpaceX IPO orqali 85 milliard dollardan ortiq mablag‘ jalb qilgan va kompaniya qiymati 2,9 trillion dollardan oshib ketgan edi. Shu jarayon Ilon Maskni birinchi trillionerga aylantirgan hamda kompaniya xodimlari orasida 4,4 mingdan ortiq yangi millionerlarni paydo qilgan edi. Biroq shundan keyin kompaniya qiymati eng yuqori ko‘rsatkichlariga nisbatan taxminan 550 milliard dollarga kamaydi.






























Izohlar 0
…