20:40 / 01.10.2020
2 769

Rasman! "Rostov" Shomurodov o‘rniga O‘zbekistonda tug‘ilgan futbolchini olib keldi

Rasman! "Rostov" Shomurodov o‘rniga O‘zbekistonda tug‘ilgan futbolchini olib keldi
O‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodovni “Jenoa”ga sotib yuborgan “Rostov” uning o‘rniga yangi forvard xarid qildi.
Klub rasmiy tvitterining xabar berishicha, rostovliklar “Tambov” hujumchisi Vladimir Obuxovni sotib oldi. Ta’kidlash kerakki, Obuxov asli O‘zbekistonda tug‘ilgan va 8 yil shu yerda yashagan.

28 yoshli Vladimir “Spartak” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U bu jamoaning asosiy tarkibida 5 ta o‘yin o‘tkazgan. Bundan tashqari «Torpedo», «Kuban», «Mordoviya» va «Sochi» klublarida ham o‘ynagan. Obuxov o‘tgan mavsum “Tambov” safida RPLda 7 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)