11:44 / 05.03.2021
1 607

Tayson Fyuri va Entoni Joshua jang shartnomasi bo‘yicha kelishuvga erishdi

Tayson Fyuri va Entoni Joshua jang shartnomasi bo‘yicha kelishuvga erishdi
Foto: Twitter
Boks bo‘yicha og‘ir vazn toifasida WBA, IBF va WBO chempionlik kamarlari sohibi Entoni Joshua (24-1, 22 KO) va WBC yo‘nalishi chempioni Tayson Fyuri (30-0, 21 KO) o‘rtasidagi jang shartnomasi imzolandi. Bu haqda Top Rank promouterlik kompaniyasining rahbari Bob Arum ma’lum qildi.

Arumning so‘zlariga ko‘ra barcha tashkiliy masalalar hal qilingan. Ayni vaqtda tomonlar barcha shartnomalarni imzolamoqda va yaqin orada jang haqida rasmiy ma’lumot beriladi.

Avvalroq jangni 2021 yilning iyun oyida o‘tkazish reja qilinayotgani va ikkala bokschi 100 million dollardan gonorarga ega bo‘lishi aytilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yilda og‘ir vazn toifasi yetakchilari 2021 yilda ikkita jang o‘tkazish borasida kelishuvga erishgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tayson Fyuri va Entoni Joshua jang shartnomasi bo‘yicha kelishuvga erishdi