19:36 / 20.09.2021
3 127

Mourino “monstr-hujumchi” tarbiyalayotganini aytdi

Mourino “monstr-hujumchi” tarbiyalayotganini aytdi
“Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino jamoaning asosiy o‘yinchisi sifatida Temmi Abraxamni tan olmoqda. Portugaliyalik mutaxassis bu futbolchi “Roma”ning haqiqiy yetakchisiga aylanishiga ishonyapti.

- Men Abraxamdan “monstr-hujumchi” yaratishga harakat qilyapman va u Garet Sautgeyt uchun ham juda foydali futbolchi bo‘ladi. Agar Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Abraxamni tan olmasa, shogirdimga fuqaroligini o‘zgartirishni maslahat beraman. Temmi o‘z mamlakati terma jamoasidan chaqiruv olishga loyiq o‘yinchi, - dedi Joze Mourino.

Temmi Abraxam 2017 yili Angliya terma jamoasida debyut qilgan. 2020 yilning noyabrigacha jami oltita uchrashuvda qatnashib, Chernogoriya terma jamoasi darvozasiga gol ham urgan. Terma bosh murabbiyi Garet Sautgeyt keyingi paytda iste’dodli hujumchiga ishonch bildirmayapti.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mourino “monstr-hujumchi” tarbiyalayotganini aytdi