Kaspersky Rossiyadan tashqarida qurilmalar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

Kaspersky Rossiyadan tashqarida qurilmalar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

«Laboratoriya Kasperskogo» kompaniyasi oʻz dasturiy taʼminotiga asoslangan qurilmalarni mahalliylashtirish maqsadida Hindiston va Saudiya Arabistoni ishlab chiqaruvchilari bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda kompaniya asoschisi va rahbari Yevgeniy Kasperskiy maʼlum qildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Top-menejerning soʻzlariga koʻra, hamkorlik modeli xorijiy sheriklar tomonidan apparat vositalarini ishlab chiqarishni, «Laboratoriya Kasperskogo» esa ularni maxsus dasturiy taʼminot bilan taʼminlashini koʻzda tutadi. Dastlab kompaniya apparat taʼminoti bilan shugʻullanishni rejalashtirmagan edi, biroq Gʻarb vendorlari Rossiya bozorini tark etgach, ushbu yoʻnalishga investitsiya kiritishga majbur boʻldi.

Hindiston asosiy yoʻnalishlardan biri sifatida koʻrilmoqda. Ishlab chiqarishni ushbu mamlakatda mahalliylashtirish kompaniyaga Osiyo bozoridagi mavqeini mustahkamlashga, logistika xarajatlarini kamaytirishga va sanksiya xatarlarini chetlab oʻtishga yordam beradi. Shuningdek, bu mahalliy regulyatorlardan sertifikat olish jarayonini tezlashtiradi.

Saudiya Arabistoni ham himoyalangan texnologik yechimlarga boʻlgan talab ortib borayotgani sababli istiqbolli bozor sifatida baholanmoqda. Hozirda kompaniya KasperskyOS operatsion tizimi negizida dasturiy-apparat majmualarini faol rivojlantirmoqda. Avvalroq Yevgeniy Kasperskiy buzib kirish imkonsiz boʻlgan smartfon loyihasini ham anons qilgan edi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar