Rossiya aviatsiyasida yangilik: PD-8 dvigateli sertifikatga ega boʻldi

Rossiya aviatsiya sanoati uchun muhim voqea yuz berdi: import oʻrnini bosuvchi “Superjet” samolyotlari uchun moʻljallangan yangi PD-8 dvigateli hamda Il-114-300 yoʻlovchi layneri rasmiy tur sertifikatlarini qoʻlga kiritdi. Bu kuch qurilmasi barcha sertifikatlashtirish sinovlari dasturini muvaffaqiyatli yakunlaganini va parvozga yaroqlilik normalariga toʻliq mos kelishini anglatadi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
PD-8 dvigateli — parvoz rejimida 8 tonna tortish kuchiga ega boʻlgan toʻliq mahalliy ishlanmadir. Ushbu dvigatel yaqin masofaga uchuvchi “Superjet” samolyotlari uchun maxsus loyihalashtirilgan boʻlib, kelajakda boshqa turdagi havo kemalarida, jumladan, Be-200 samolyotlarida ham qoʻllanilishi mumkin. Sinov jarayonlarida maxsus stendlar, uchar laboratoriyalar va tajriba samolyotlaridan foydalanildi.
Tajriba namunalarining umumiy ish vaqti 6500 soatdan oshib ketdi. “Rostex” korporatsiyasi vakillarining taʼkidlashicha, ushbu sertifikatning olinishi butunlay mahalliy butlovchi qismlardan yigʻilgan SJ-100 samolyotini sertifikatlashtirish jarayonini sezilarli darajada yaqinlashtiradi. Ilk seriyali PD-8 dvigatellarini 2026-yil yakuniga qadar yetkazib berish rejalashtirilgan.
Shuningdek, ishlab chiqaruvchilar PD-8 bazasida turli tortish kuchiga ega boʻlgan dvigatellar oilasini yaratishni koʻzlamoqda. Kelajakda ogʻir transport vertolyoti hisoblangan Mi-26 uchun ushbu dvigatelning maxsus PD-8V versiyasi ishlab chiqilishi ham istisno etilmayapti.





























Izohlar 0
…