iPhone va sunʼiy yoʻldoshlar himoyasini buzuvchi lazer majmuasi taqdim etildi

iPhone va sunʼiy yoʻldoshlar himoyasini buzuvchi lazer majmuasi taqdim etildi

Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida mikrosxemalar xavfsizligini lazer yordamida sinovdan oʻtkazuvchi ilk mahalliy majmua namoyish etildi. LFI-26 (Laser Fault Injection) deb nomlangan ushbu qurilma Positive Technologies kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Kompaniya vakillarining taʼkidlashicha, bungacha Rossiyada bunday uskunalar ishlab chiqarilmagan va tashkilotlar ularni Fransiyaning ALPhANOV hamda Niderlandiyaning Riscure kabi xorijiy yetkazib beruvchilaridan sotib olishga majbur boʻlgan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yaratuvchilarning tushuntirishicha, majmua yoʻnaltirilgan lazer nurlanishi yordamida chiplar ishiga “boshqariladigan nosozliklar” kiritish imkonini beradi. Ushbu texnologiya qurilma va maʼlumotlar ustidan toʻliq nazoratni qoʻlga kiritish, natijada himoya tizimidagi zaifliklarni aniqlashga xizmat qiladi. Bu kabi tadqiqotlar zamonaviy kiberxavfsizlik sohasida muhim bosqich hisoblanadi.

Positive Labs R&D markazi rahbari Aleksey Usanovning soʻzlariga koʻra, oʻz lazer majmuasini yaratish Gʻarb vendorlari bozorni tark etgan sharoitda apparat xavfsizligi sohasidagi kompetensiyalarni saqlab qolish uchun zarur qadam boʻlgan. Bunday uskunasisiz xorijiy chiplar xavfsizligini toʻliq tahlil qilish yoki mahalliy elementlar bazasining himoya sifatini tasdiqlash imkonsizdir.

LFI-26 qurilmasining qoʻllanish doirasi juda keng: bank kartalari va kripto-hamyonlardan tortib, iPhone smartfonlari, avtomobillardagi boshqaruv bloklari va hatto orbital sunʼiy yoʻldoshlargacha qamrab oladi. Yangi majmua mikroelektronika xavfsizligini tadqiq qilish uchun moʻljallangan uskunalar liniyasining bir qismiga aylandi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar