10 000 mA·soat akkumulyator va 185 Gs ekran: Snapdragon 8 Gen 6 ilk bor sinovda

10 000 mA·soat akkumulyator va 185 Gs ekran: Snapdragon 8 Gen 6 ilk bor sinovda

Taniqli xitoylik insayder Digital Chat Station yangi avlod flagman smartfoni haqidagi qiziqarli maʼlumotlar bilan boʻlishdi. Unga koʻra, ishlab chiqaruvchilardan biri sigʻimi qariyb 10 000 mA·soat boʻlgan akkumulyator bilan jihozlangan yuqori unumdorlikka ega qurilmani sinovdan oʻtkazmoqda. Hozirda ushbu gadjet baholash va texnik tekshiruv bosqichida ekani aytilmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Qurilmaning apparat qismi SM8845 Pro platformasiga asoslangan boʻlib, u bozorda Qualcomm Snapdragon 8 Gen 6 nomi bilan chiqishi kutilmoqda. Bu yangi chipset nafaqat energiya samaradorligi, balki hisoblash quvvati boʻyicha ham oʻzidan oldingi avlodlardan sezilarli darajada ustun boʻlishi taxmin qilinmoqda.

Smartfonning yana bir oʻziga xos jihati uning displeyi boʻladi. Maʼlumotlarga koʻra, u 1,5K aniqlikdagi tekis LTPS-ekran bilan taʼminlanadi. Eng hayratlanarlisi, ekranning yangilanish chastotasi 185 Gs ni tashkil etadi. Agar bu maʼlumot tasdiqlansa, ushbu model zamonaviy Android smartfonlar orasida eng tezkor ekranlardan biriga ega boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, Digital Chat Station avvalroq Xiaomi 15 va Xiaomi 15 Pro smartfonlarining xususiyatlarini, shuningdek, Realme GT 7 Pro Samsung ekraniga ega boʻlishini hamda Dimensity 9400 chipi Snapdragon 8 Elite modelidan oldinroq chiqishini aniq bashorat qilgan edi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar