Xiaomi 17T seriyasi 7000 mAs sigʻimli ulkan akkumulyator bilan chiqadi

Xiaomi 17T seriyasi 7000 mAs sigʻimli ulkan akkumulyator bilan chiqadi

Xiaomi kompaniyasi oʻzining yangi Xiaomi 17T turkumidagi smartfonlari haqida navbatdagi maʼlumotlarni eʼlon qildi. Xitoy bozori uchun moʻljallangan ushbu flagmanlar seriyasi avvalgi modellarga qaraganda ancha sigʻimdor — 7000 mAs quvvatga ega akkumulyator bilan jihozlanadi. Bu esa qurilmalarning avtonom ishlash vaqtini sezilarli darajada oshiradi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangi akkumulyator texnologiyasi Xiaomi tarixidagi eng yuqori kremniy miqdori (16%) bilan ajralib turadi. Bu energiya zichligini oshirishga xizmat qiladi, natijada akkumulyator bloklari yengilroq boʻlishiga qaramay, uzoqroq xizmat qiladi. Kompaniya maʼlumotlariga koʻra, smartfonlar odatiy foydalanish rejimida 1,88 kungacha quvvat saqlay oladi.

Texnik jihatdan Xiaomi 17T seriyasi 100 W quvvatli simli va 50 W quvvatli simsiz tezkor zaryadlashni qoʻllab-quvvatlaydi. Eng muhim jihati shundaki, batareya 1600 marta zaryadlash-boʻshatish siklidan keyin ham oʻz sigʻimining 80 foizini saqlab qoladi. Bu foydalanuvchilarga qurilmadan uzoq yillar davomida samarali foydalanish imkonini beradi.

Eslatib oʻtamiz, global bozorda Xiaomi 17T seriyasi turli xil akkumulyator sigʻimlari bilan taqdim etilishi kutilayotgan edi, biroq Xitoy versiyasida barcha modellar, jumladan Pro-versiya ham birdek quvvatli 7000 mAs batareyaga ega boʻladi. Bu yangilik intensiv foydalanuvchilar va murakkab loyihalar ustida ishlovchilar uchun ayni muddaodir.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar