Max messenjerida roʻyxatdan oʻtganlar soni 125 milliondan oshdi

Rossiyaning Max messenjerida yozishmalar hajmi shiddat bilan oʻsib bormoqda. Platforma bosh direktori Farit Xusnoyarovning soʻzlariga koʻra, foydalanuvchilar har kuni deyarli 2 milliard xabar almashmoqda. Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida soʻzga chiqqan Xusnoyarov: “Faollik juda tez surʼatlarda oʻsyapti, yaʼni kuniga qariyb 2 milliard xabar yuborilmoqda”, — deya taʼkidladi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Shuningdek, kompaniya rahbari auditoriya boʻyicha statistik maʼlumotlarni ham keltirib oʻtdi. Hozirgi vaqtda platformadan har kuni 87 million kishi foydalanadi, roʻyxatdan oʻtgan umumiy akkauntlar soni esa 125 millionga yetgan. Bunday keng koʻlamli oʻsish sharoitida foydalanuvchilar ehtiyojlariga eʼtibor qaratish asosiy vazifaga aylanmoqda.
“Shunchalik katta auditoriya mavjud boʻlganda, ularni diqqat bilan tinglash kifoya. Bizning asosiy moʻljalimiz — foydalanuvchilar haqida qaygʻurish va ular uchun qulaylik yaratishdir”, — dedi Xusnoyarov oʻz nutqida. Bu yondashuv platformaning kelgusi rivojlanish strategiyasini belgilab beradi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Max kanallarida jonli efirlar funksiyasi ishga tushirilgan edi. Undan oldinroq esa Apple kompaniyasi hech qanday tushuntirishlarsiz Max ilovasini App Store doʻkonidan olib tashlagan edi.





























Izohlar 0
…